3 oktyabr 2026

Maxfiylik Siyosati

Ushbu hujjat ULOV+ mobil ilovasidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari qanday to'planishi, ishlatilishi va himoyalanishi haqida to'liq ma'lumot beradi. O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuniga muvofiq tuzilgan. Kuchga kirish: 16 iyun 2026. Oxirgi yangilanish: 3 oktyabr 2026 (ovoz va rasm tahlili bo'limi qo'shildi).

Mundarija
  1. 1. Kim ma'lumot beradi
  2. 6. Saqlash va himoya
  3. 2. To'lanadigan ma'lumotlar
  4. 7. Saqlanish muddati
  5. 3. Qurilma ruxsatlari
  6. 8. Foydalanuvchi huquqlari
  7. 4. Maqsad va ishlatish
  8. 9. Bolalar maxfiyligi
  9. 5. Uchinchi tomon xizmatlar
  10. 10. Siyosat o'zgarishlari
1 Kim ma'lumot beradi
1.1 Tashkilot

MisterDev — yakka tartibli dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi, O'zbekiston Respublikasi.

1.2 Ilova

ULOV+ (paket nomi: uz.misterdev.ulov, iOS: uz.misterdev.ulovplus) — avtomobil servis tarixi va texnik xizmat ilovasi (Android va iOS). ULOV Admin (uz.misterdev.ulov.admin) — servis markazlari xodimlari uchun ilova; u ham shu maxfiylik siyosatiga tayanadi.

1.3 Aloqa

Maxfiylik bo'yicha barcha murojaat va savollar: ulugbek9015t@gmail.com


2 To'lanadigan ma'lumotlar
2.1 Ro'yxatdan o'tish
  • Telefon raqami (OTP tasdiqlash orqali)
  • Ism va familiya
2.2 Avtomobil ma'lumotlari
  • VIN-raqam, davlat raqami va raqam turi
  • Marka, model, yil, rang, joriy probeg (km)
  • Texnik pasport raqami
  • Avtomobil rasmlari (faqat foydalanuvchi yuklagan holda)
2.3 Servis ma'lumotlari
  • Servis markaziga yuborilgan buyurtmalar
  • Bajarilgan ishlar tarixi
  • Xarajatlar — faqat o'z buyurtmalaringizda ko'rinadi
  • Servis holati o'zgarishlari
2.4 Texnik ma'lumotlar
  • FCM push bildirishnoma tokeni
  • Qurilma tili va OS versiyasi (xatoliklarni tuzatish uchun)
2.5 To'planmaydigan ma'lumotlar
  • Joylashuv ma'lumotlari (faqat qurilmada ishlatiladi, serverga saqlanmaydi)
  • To'lov karta ma'lumotlari (to'lov tizimida saqlanadi, bizda emas)
  • Kontakt kitobi, SMS tarixi va qo'ng'iroqlar
2.6 Ovoz va rasm tahlili (ULOV Admin — servis markazi xodimlari)

ULOV Admin ilovasida xodim faqat o'zi tugmani bosganda ovozli xabar yozishi yoki rasm olishi mumkin. Ovoz yozuvi yoki rasm sun'iy intellekt xizmatiga (Google Gemini) yuboriladi va undan avtomobil, bajarilgan ish, narx, probeg hamda (aytilgan yoki hujjatda ko'ringan bo'lsa) egasining ismi va telefon raqami kabi maydonlar ajratib olinadi. Natija formaga qoralama sifatida tushadi; xodim tekshirib, o'zi saqlaydi.

  • Ovozli xabar (mikrofon) — matnga o'girish va ma'lumot ajratish uchun
  • Avtomobil, texnik pasport, spidometr yoki VIN-plastinka rasmi — ma'lumotni o'qish uchun
  • Ovozli xabar tahlil uchun Google'ga uzatiladi va sifatni tekshirish hamda xatolarni topish maqsadida serverimizda 30 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi. Yozuvni faqat platforma administratorlari eshita oladi; so'rovingiz bo'yicha uni muddatidan oldin o'chiramiz (§8)
  • Texnik jurnal (vaqt, funksiya, model, token soni, xarajat, xato) yuritiladi — jurnalda yozuv va rasmning o'zi emas, faqat texnik ma'lumotlar va tahlil natijasi (ajratilgan matn) saqlanadi

3 Qurilma ruxsatlari
3.1 Majburiy ruxsatlar
  • INTERNET — ilova ishlashi, ma'lumotlar sinxronlash va servis markazlar bilan aloqa uchun
3.2 Ixtiyoriy ruxsatlar
  • Joylashuv — yaqin atrofdagi servis markazlar va yonilg'i shoxobchalarini xaritada ko'rsatish uchun
  • Kamera va galereya — avtomobil yoki profil rasmi olish yoki yuklash uchun
  • Mikrofon — ULOV Admin ilovasida ovozli kiritish uchun; faqat siz yozish tugmasini bosganingizda ishlaydi
  • Push bildirishnomalar — servis holati o'zgarganda xabar yuborish uchun
  • Tebranish (VIBRATE) — bildirishnoma kelganda qurilma tebranishi uchun
  • RECEIVE_BOOT_COMPLETED — qurilma qayta ishga tushgandan keyin push ishlashi uchun

Ixtiyoriy ruxsatlar rad etilsa ham ilova ishlashda davom etadi — faqat tegishli funksiya o'chadi. Ruxsatlarni istalgan vaqt qurilma sozlamalaridan o'zgartirishingiz mumkin.


4 Maqsad va ishlatish
4.1 Asosiy maqsad
  • Avtomobil va servis tarixini saqlash va ko'rsatish
  • Servis markaz bilan aloqani ta'minlash
  • Probeg asosida servis tavsiyalari berish
4.2 Qo'shimcha maqsadlar
  • Servis holati o'zgarganda push bildirishnoma yuborish
  • SOS favqulodda yordam chaqiruvi
  • Hisobni ruxsatsiz kirishdan himoya
  • Ilovani yaxshilash va xatolarni bartaraf etish
4.3 Ishlatilmaydi
  • Marketing yoki reklama maqsadlarida uchinchi shaxslarga berish
  • Foydalanuvchi profilini yaratib sotish
  • Siyosiy yoki ijtimoiy maqsadlarda ishlatish

5 Uchinchi tomon xizmatlar

ULOV+ ba'zi funksiyalar uchun quyidagi uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanadi. Har bir xizmat faqat o'z maqsadi uchun kerakli minimal ma'lumotlarni oladi.

Xizmat Maqsad Siyosat
Cloudflare R2CDN / S3-muqobil Avtomobil va profil rasmlarini xavfsiz saqlash cloudflare.com →
Firebase FCMGoogle Cloud Push bildirishnomalar yuborish uchun token uzatish firebase.google.com →
Google Gemini APIGoogle LLC ULOV Admin: ovoz yozuvini matnga o'girish va rasmdan avtomobil ma'lumotlarini o'qish. Yuborilgan ovoz va rasmlar Google tomonidan uning shartlari asosida qayta ishlanadi. ai.google.dev →
Eskiz SMSO'zbekiston SMS xizmati Telefon raqamni OTP orqali tasdiqlash O'zbekiston SMSaggregator
Click / PaymeTo'lov tizimlari Obuna va xizmat to'lovlari. Karta ma'lumotlari bizda saqlanmaydi. PCI DSS muvofiq

Uchinchi tomon saytlariga o'tsangiz, ularning o'z maxfiylik siyosatlari amal qiladi.


6 Saqlash va himoya
6.1 Texnik choralar
  • Barcha ma'lumotlar TLS 1.3 bilan shifrlangan HTTPS orqali uzatiladi
  • JWT autentifikatsiya tokenlari va OTP kodlar shifrlangan holda saqlanadi
  • Avtomobil rasmlari Cloudflare R2 private bucket'da saqlanadi
  • Ma'lumotlar bazasi: PostgreSQL, bcrypt bilan parollar himoyalangan
6.2 Kirishni boshqarish
  • Foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi
  • Boshqa foydalanuvchilar qilgan servis xarajatlari yashirilgan
  • Tizim xatolari va ruxsatsiz kirish urinishlari real vaqtda kuzatiladi

Hech qanday tizim 100% xavfsiz emas. Agar ma'lumotlaringizga ruxsatsiz kirish yuz berganda, qonun talablari asosida sizni xabardor qilamiz.


7 Ma'lumot saqlanish muddati

8 Foydalanuvchi huquqlari
8.1 Ko'rish va tahrirlash

O'zingiz haqingizda saqlangan barcha ma'lumotlarni Profil bo'limida ko'rishingiz va tahrirlashingiz mumkin — ism, telefon raqam, avtomobil ma'lumotlari, rasmlar.

8.2 O'chirish

Hisobni to'liq o'chirish: Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Barcha ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi.

8.3 E'tiroz va cheklash

Push bildirishnomalar va joylashuvga ruxsatlarni istalgan vaqt qurilma sozlamalaridan o'chirishingiz mumkin. Ma'lumotlaringizni qayta ishlashni cheklashni so'rash uchun biz bilan bog'laning.

8.4 Ma'lumot olish

Siz haqingizda saqlangan ma'lumotlarning to'liq ro'yxatini ulugbek9015t@gmail.com orqali so'rashingiz mumkin. 30 kun ichida javob beramiz.


9 Bolalar maxfiyligi

ULOV+ 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarga mo'ljallanmagan. Biz bilmagan holda 13 yoshdan kichik shaxsdan ma'lumot to'planmaydi. Agar ota-ona yoki vasiy shunday holatni aniqlasa, darhol ulugbek9015t@gmail.com ga murojaat qilsin — ma'lumotlar zudlik bilan o'chiriladi.


10 Siyosat o'zgarishlari
10.1 Xabardor qilish usullari
  • Ilovada push bildirishnoma orqali
  • Sahifaning yuqori qismidagi sanani yangilash orqali
10.2 Kuchga kirish

O'zgarishlar e'lon qilinganidan 7 kun o'tib kuchga kiradi. Yangilangan siyosatdan keyin ilovani davom ettirib foydalanish yangi shartlarni qabul qilganligi deb hisoblanadi. Rozi bo'lmasangiz, hisobni o'chirish huquqingiz bor (§8.2).

Bog'lanish

Maxfiylik siyosati bo'yicha savol yoki murojaatlaringiz uchun: